пятница, 10 апреля 2015 г.

Mirzo Ulug'bek haqida

Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand va butun Movarounnahrda tabiiy fanlar barobarida badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Manbalarda Ulug‘bekning adiblar hamda badiiy adabiyotga munosabati haqida muhim ma'lumotlar mavjud. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", Faxriy Heraviyning "Ravzat us-salotin" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida
Ulug‘bek ko‘proq astronomiya ilmi bilan shug‘ullansa-da, gohida nazmga mayl qilgani ta'kidlanib, uning qalamiga mansub quyidagi forsiy bayt keltiriladi:
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand va butun Movarounnahrda tabiiy fanlar barobarida badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Manbalarda Ulug‘bekning adiblar hamda badiiy adabiyotga munosabati haqida muhim ma'lumotlar mavjud. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", Faxriy Heraviyning "Ravzat us-salotin" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida Ulug‘bek ko‘proq astronomiya ilmi bilan shug‘ullansa-da, gohida
nazmga mayl qilgani ta'kidlanib, uning qalamiga mansub quyidagi forsiy bayt keltiriladi:
Harchand mulki husn ba zeri nigini tust,
Sho‘xi makunki, chashmi badon dar kamini tust.
Mazmuni:
Go‘zallik mulki harchand qo‘l ostingda bo‘lsa-da,
Sho‘xlik qilmagilki, yomonlarning ko‘zi senga tikilgan.
Mirzo Ulug‘bek faqat zamondosh adiblar emas, balki o‘z davridan bir necha asr oldin yashab o‘tgan ko‘plab shoirlar ijodidan ham chuqur xabardor bo‘lib, she'riyatning katta muxlisi va bilimdoni sifatida nom qozongan. Davlatshoh Samarqandiyning 1486 yili yozib tugatilgan "Tazkirat ush-shuaro" asarida bu haqda bir qancha ma'lumotlar mavjud. Davlatshoh ozarboyjonlik yirik shoir Afzaliddin Xoqoniy (1120 - 1199)ning ustozi Falakiy Shirvoniy (1107 - 1146) haqida yozar ekan, jumladan, shunday deydi: "Falakiyning devonini podshohi mag‘fur Ulug‘bek Ko‘ragonning huzurig‘a eltdilar. Mutolaa qildi, pisand etti va dediki, ajab taxallusi bor turur". Bu o‘rinda shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, shirvonlik shoir falakiyotga qiziqib, ilmi nujum bilan shug‘ullangan va Falakiy taxallusini tanlagani sababi ham shu bo‘lgan.
Sayfiddin Isfarangiy haqida "Tazkirat ush-shuaro"da quyidagi ma'lumotlar mavjud: "Isfarang Movarounnahrda bir mavzening otidur va mavlono Sayfiddin tolibi ilm va ahli fazl erdi va suxanvarlikda anga martabai oliy bor turur va aning devoni mashhur va mutaorif turur. Ulug‘bek Ko‘ragonning majlisida aning devonini doimo ulamo va fuzalo mutolaa qilur erdilar va aning suxanini Asiriddinning suxanig‘a tarjih qilur erdilar". (Har ikkala iqtibos va bundan keyin Davlatshoh asaridan keltirilgan parchalar forsiydan Muhammad Rafe' Rojiy tarjimasidan olindi.) Bundan ma'lum bo‘ladiki, Mirzo Ulug‘bek saroyidagi adabiy majlislarda Sayfiddin Isfarangiy va Asiriddin Axsikatiy asarlari bir-biriga muqoyasa qilib o‘qilgan va bu ikki shoirdan qaysi biri mahorat bobida ustunligi haqida fikr-mulohazalar aytilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, biron-bir shoir ijodi haqida ko‘p hollarda Ulug‘bekning o‘z mustaqil fikri bo‘lib, u o‘sha davrdagi umum fikri yoki boshqa adabiyot muxlislarining mulohazalariga doim ham mos kelavermagan.
Davlatshoh XII - XIII asrlarda Eronda yashab o‘tgan ota-o‘g‘il shoirlar: Jamoliddin va Kamoliddin Isfahoniylar haqida shunday yozadi: "Malik ul-fuzalo Jamoliddin Muhammad Abdurazzoq Isfahoniy Isfahonning akobir va ulamolaridin turur. Shoiri xushgo‘y erdi, johu martaba va qabuli tamomi bor erdi va Kamoliddin Ismoil aning o‘g‘li turur. Sultoni said Ulug‘bek Ko‘ragon Jamoliddin Muhammadning suxanini Kamoliddin Ismoilning suxanig‘a tarjih qilur erdi va borho aytur erdi: "Manga ajab ko‘rinurkim, bovujudi otaning suxani pokizaroq va shoironaroq turur, o‘g‘ulning suxani nechuk shuhrat topib turur". Ulug‘bekning ushbu fikrini bayon qilgan Davlatshoh Samarqandiy asarining ayni shu sahifasida unga e'tiroz ham bildiradi: "Ammo bu e'tiqodi mukobara va da'voyi bedalil turur, charokim Kamolning suxani bag‘oyat noziktar turur va zohiri oson, haqiqati mashaqqat turur. Ammo podshohlarning suxanig‘a irod va ishkol tegurmak avomning haddi ermastururkim, kalom al-muluk, muluk al-kalom".
Temuriylar xonadonida "xamsaxonlik", "shohnomaxonlik" oilaviy bir an'anaga aylangani manbalardan yaxshi ma'lum. Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur mirzo "Shohnoma"ning turli nusxalarini to‘plab, hozirgi til bilan aytganda, ilmiy-tan-
qidiy matnini tuzdirgan bo‘lsa, Faxriddin Ali Koshifiyning "Latoif at-tavoif" asarida keltirilishicha, Ulug‘bek mirzo majlislarida ham "Shohnoma" o‘qilib, uning qiyin joylarining mazmun-ma'nosi muhokama etilgan. Tabiiyki, shahzodalar o‘rtasida adabiyotga doir bahs va tortishuvlar bo‘lib turgan. Bu haqda Davlatshoh quyidagicha yozadi: "Amirzoda Boysung‘ur Amir Xisrav Dehlaviyning "Xamsa"sini Shayx Nizomiyning "Xamsa"siga tarjih qilur erdi va xoqoni mag‘fur Ulug‘bek bahodir bu ma'nini qabul qilmas erdi va Shayx Nizomiyg‘a mu'taqid erdi va bu ikki podshohning orasida karrotu marrot taassub hosil bo‘lg‘on, har birlari bir shoirg‘a himoyat bo‘lg‘on erdi". Ushbu jumlalarni Muhammad Rafe' bir oz o‘zgartirib tarjima qilgan bo‘lsa-da, umumiy mazmun buzilmagan. Biroq Bo‘riboy Ahmedovning "Davlatshoh Samarqandiy" risolasida oxirgi jumla tarjimasida bir qancha xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, u o‘quvchida aka-uka shahzodalar haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi: "Shu sababdan bu ikki podshoh o‘rtasida ranjish va jirkanish voqe bo‘lgan va ularning har biri bir shoirga himoyat qilgan edi". Holbuki, asar asliyatida "ranjish" va "jirkanish" so‘zlari umuman mavjud emas. Muqoyasa uchun ushbu jumla asliyatini keltiramiz: "Mobayni in du shahzodayi fozil ba karrot jihati in da'vo taassub dast doda, bayt-bayt "Xamsatayn" ro boham muqobil kardaand". So‘zma-so‘z tarjimasi: "Bu ikki fozil shahzoda o‘rtasida ushbu da'vo yuzasidan ko‘p bora qattiq tortishuvlar yuz berib, ular birgalikda ikkala "Xamsa"ni baytma-bayt qiyoslab chiqdilar".
Demak, ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi nodir ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan mo‘'tabar manbalarni tadqiq va tarjima qilish ishlariga halollik, mas'uliyat bilan yondashmog‘imiz zarur.
Mirzo Ulug‘bek boshqa o‘lkalarga safarlari paytida ham adiblar, ularning asarlari haqidagi xabarlarga qiziqish bilan qaragan va uning bu xislatini bilgan zamondoshlari sovg‘a tariqasida badiiy kitoblar taqdim etishgan. "Tazkirat ush-shuaro"ning Muiniddin Juvayniy haqidagi faslida ushbu ma'lumotlar mavjud: "Kitobi "Nigoriston" kim mavlono Muiniyning musannafotidin turur, shayx Sa'diyning "Guliston"i tarzida yozg‘on turur, ammo ul kitobdin basitroq (kengroq) turur va donishmandona aytg‘on turur, navodir va amsol va mufid hikmatlar anda darj qilg‘on turur. Bahrobodning mashoyixlari ul kitobni Ulug‘bek mirzog‘a peshkash qildilar. Vaqtidakim, Ulug‘bek mirzo Iroqg‘a yurish qilg‘on mahalda Bahrobodning akobirlari ziyoratig‘a kelgan erdi. Podshoh buyurdi, to ul kitobni xatti xub va takallufi tamom bila yozdilar va hamisha ul kitobni mutolaa qilur erdi va pisandida tutar erdi. Ul kitob Movarounnahrda bag‘oyat mashhur turur, ammo Xurosonda kamyob turur, alhaq, nusxayi mustaidona (tayyor, qo‘l ostida) turur va bu ikki hikoyat ul kitobdin bitildi". Hirotda yashab, ijod qilgan Davlatshoh shu tarzda Ulug‘bek qadrlagan "Nigoriston" asari Xurosonda kamyob bo‘lsa-da, bir nusxasi o‘zida borligini anglatib, undan ikkita hikoyatni "Tazkirat ush-shuaro"da keltiradi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zRFA Sharqshunoslik instituti xazinasida "Nigoriston" asarining bir necha qo‘lyozma nusxalari mavjud.
Mirzo Ulug‘bek zamonida Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot asosan ikki tilda - turkiy va forsiy tillarda taraqqiy etgan. Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Harimiy Qalandar kabi shoirlar turkiy tilda, Mir Qosim Anvor, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Bisotiy Samarqandiy, Xayoliy Buxoriy kabi shoirlar fors tilida ijod qilishgan va ularning merosidan muayyan qismi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ulug‘bek o‘z davri shoirlari asarlarini yaxshi bilgan va ulardan ko‘pchiligi bilan bevosita munosabatda bo‘lgan. Davrning ustoz shoirlaridan biri Xoja Ismatulloh Buxoriy bo‘lib, u haqda Davlatshoh Samarqandiy shunday yozadi: "Ammo Xoja Ismat Ulug‘bek Ko‘ragonning zamoni saltanatida maddohliqni tark qildi va sultoni mazkur andin she'r istid'o qildi. Bizzarura ul hazratning madhida bir necha qasidag‘a qiyom ko‘rguzdi va axir holda shoirlikdin iste'fo qildi. Hamisha aning sharif majlisi maqsadi shuaro va majma'i fuzalo erdi. Akobir va shuarokim Xoja Ismatg‘a musohib va hamasr erdilar, ul jumla: mavlono Bisotiy Samarqandiy, mavlono Xayoliy Buxoriy, mavlono Burunduq, Xoja Rustam Juzqoniy, Tohir Obivardiy turur. Xoja Ismatning vafoti Ulug‘bek Ko‘ragonning zamonida 829 sanada (melodiy 1426 yil) erdi".
Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zRFA Sharqshunoslik institutida Ismatulloh Buxoriy "Devon"ining bir necha nusxasi mavjud va ular orasida nisbatan to‘lig‘i 1435-raqamli qo‘lyozmadir. Bu qo‘lyozma 193 varaq bo‘lib, uning salmoqli qismi, ya'ni 100 varaqdan oshiqrog‘i qasidalardan iborat. Xalil Sulton madhida o‘ndan oshiq, Shohrux, Boysung‘ur va Ibrohim Sultonlar madhida bittadan qasida bor. Ulug‘bekka bag‘ishlangan 6 qasida bo‘lib, bittasi arabcha, qolgani fors tilidadir. Janr talabiga ko‘ra shoir mamduhni mubolag‘ali
tarzda ta'rif-tavsif qiladi. Boz ustiga, uslubi murakkab qasidalar nimshikasta xatida ko‘chirilgan. Shunga qaramay, ular sinchiklab tadqiq etilsa, Ulug‘bek shaxsiyatiga doir yangi ma'lumotlar topilishi mumkin. "Ma'dani fazlu balog‘at, maxzanu ilmu hikam" deya ulug‘laydi uni shoir va quyidagi singari balandparvoz, biroq ko‘p jihatdan voqelikka mos satrlar-la vasf etadi:
Ey falakqadru oftobato,
Peshvoyi zamona, homiyi din.
Ey hunarparvarine, naqdi ulum
Jumla dar ganji tab'i tust dafin.
Mazmuni:
Ey falakmisol (ilm) oftobini ato etuvchi,
Zamona peshvosi, din homiysi.
Iste'dodlarni parvarishlovchi, jami ilmlar naqdi
Sening xotiring xazinasiga joylashgan.
Mirzo Ulug‘bekning laqabi yo unvoni ba'zi manbalarda "Mag‘isuddin" tarzida keltirilsa, zamondosh muarrix Muiniddin Natanziy "G‘iyosiddin Ulug‘bek bahodir" deb yozadi. Ismatulloh Buxoriy qasidalarida esa, "Zahiriddin Ulug‘bek" deb yozilgan.
Badaxshiy taxallusli yana bir shoirning tavsifi quyidagicha: "Mavlono Badaxshiy fuzaloning jumlasidin turur, Samarqand shahrida Ulug‘bek Ko‘ragonning ayyomi davlatida anga suxanvarlikda oliy martaba bor erdi va ul zamonning shuarolarining saromadi erdi va sultoni mazkur va zamonning akobirlari ani suxanvarlikda musallam tutar erdilar va podshohi mazkurning madhida anga pokiza qasidalar bor turur va aning devoni ul diyorda mashhur turur".
Davlatshoh Samarqandiyning bu ma'lumotini Alisher Navoiy ham tasdiqlaydi: "Mavlono Badaxshiy fozil kishi ermish. Ulug‘bek mirzo zamonida Samarqandda shuaro ani xushgo‘yliqg‘a musallam tutubdurlar. Va Mirzoning dag‘i ko‘p iltifoti bor ermish" ("Majolis un-nafois").
Alisher Navoiy Ulug‘bek bilan munosabatda bo‘lgan yana bir shoir haqida shunday yozadi: "Mavlono Muhammad Olim Samar-
qand ulamosidin. Ulug‘bek mirzo bila hamsabaq va musohib erdi. Ammo bag‘oyat daler va sho‘xtab' va xiyra kishi erdi. Bahsda ko‘p go‘stoxona so‘zlar va javoblar aytur erdi. Saltanati azim-ush-sho'niy tahammul qila olmadi. Samarqanddin anga ixroj hukmi bo‘lub Hiriyga keldi va munda mavlononing maqdamin g‘animat tutdilar va sokin bo‘ldi".
"Majolis un-nafois"ning ikkinchi majlisida, ya'ni Alisher Navoiy yoshlik paytlarida muloqot qilgan adiblar qatorida quyidagi samarqandlik shoirlar nomi zikr etiladi:
"Mavlono Mir Qarshiy - Samarqandda bo‘lur erdi va bozorda sahhoflik do‘koni bor erdi, zurafo anda jam' bo‘lurlar erdi va mavlono o‘zin ul xaylg‘a ustod tutar erdi.
Mavlono Javhariy ham samarqandlig‘dur, sobunxona mushrifi erdi, ham sobunxona eshigida ko‘chaning o‘rtasida o‘zi uchun hujrag‘ina yasab erdi. Aruz bilur erdi va "Siyar un-nabi" nazm qilib erdi.
Mavlono Xovariy ham samarqandlig‘dur va darzigar(tikuvchi)likka mansub erdi. Badihani ravon aytur erdi va tab'i xiyli sho‘x erdi.
Mavlono Halvoiy ham samarqandlig‘dur. Shukufta tab'liq, yaxshi chiroylik yigit erdi. Shabob (yoshlik) ayyomida favt bo‘ldi. Umri qisqa uchun so‘zining shuhrati ham ozdur".
Yuqoridagi shoirlarning ba'zilarining ijodiy faoliyati Mirzo Ulug‘bek davrida boshlanganini taxmin qilish mumkin.
Nomlari "Majolis un-nafois"ning ikkinchi majlisida zikr etilgan Samarqanddan yetishib chiqqan ba'zi shoirlar turkiy tilda ijod qilganlar.
"Harimiy Qalandar - Samarqand viloyatidin erdi. Tolibi ilmlig‘i ham bor erdi. Bu turkcha matla' aningdurkim:
Necha yig‘lay sham'dek hajringda, yorim, kechalar,
Ohkim, kuydirdi dog‘i intizorim kechalar";
"Mirzo Hoji So‘g‘diy ham samarqandlig‘dur va ul mulkning odamizodalaridindur. Agarchi ba'zi mahalda g‘arib nimalar
tab'idin bosh urar erdi. Bu baytda xili so‘z rangi va choshnisi borkim:
O‘xshatti qomatingg‘a sanavbarni bog‘bon,
Bechora bilmas ermish alifdin tayog‘ni.
Bug‘ina masalni yaxshig‘ina bog‘lag‘on uchun umid ulkim, Tangri taolo anga rahmat qilmish bo‘lg‘ay. Qabri ham o‘z mulkidadur.
Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko‘p mu'taqiddurlar va bag‘oyat ta'rifin qilurlar".
Alisher Navoiy boshqa viloyatlarga mansub bo‘lsalar-da, hayoti va faoliyatlari qisman Ulug‘bek davriga to‘g‘ri keladigan Lutfiy, Yaqiniy, Atoyi, Muqimiy, Kamoliy, Latifiy kabi turkiy tilda ijod qilgan shoirlar haqida ma'lumot beradi. Bular orasida eng yirik shoir, shubhasiz, Navoiy "Malik ul-kalom" deya ulug‘lagan mavlono Lutfiy edi. Afsuski, Lutfiy merosi bizga to‘lig‘icha yetib kelmagan. Ayniqsa, uning turkiy tildagi nazmiy "Zafarnoma"si saqlanib qolmagani achinarlidir. Mazkur asarda temuriy shahzodalar, jumladan, Ulug‘bekka bag‘ishlangan satrlar bo‘lganini katta ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Shunga qaramay, Lutfiy devonidagi bitta bayt orqali biz uning Ulug‘bek bilan munosabati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lamiz:
Ulug‘bekxon bilur Lutfiy kamolin,
Ki rangin she'ri Salmondin qolishmas.
Lutfiy o‘zini mashhur fors shoiri Salmon Sovajiyga tenglashtirgan bu faxriya bayt, bir tarafdan, Ulug‘bek Lutfiy ijodini yaxshi bilganidan dalolat bersa, ikkinchi tarafdan, zamondosh shoirlar Ulug‘bekning adabiyot bilimdoni ekanligini e'tirof qilib, uning bu sohadagi fikr-mulohazalarini qadrlaganliklarini ko‘rsatadiki, buni o‘z vaqtida Ye.E.Bertels ham ta'kidlab o‘tgan edi. Ye.E.Bertelsning shogirdi E.Rustamov o‘zining Ulug‘bek davridagi turkiy adabiyot tadqiqiga bag‘ishlangan "XV asr birinchi yarmida o‘zbek she'riyati" monografiyasida shunday yozadi: "Ulug‘bek davrida Samarqandda xuddi Hirotdagi kabi qadimgi turkiy adabiyot yodgorliklarini o‘rganishga qiziqish kuchaygan. 1444 yili Samarqandda Arslonxoja tarxon xohishiga ko‘ra, Adib Ahmad Yugnakiyning mashhur dostoni "Hibat ul-haqoyiq" uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan. Doston matniga ilova tarzida Adib Ahmad va uning asariga bag‘ishlangan ikkita turkiy she'r keltirilgan. Ulardan birining muallifi amir Sayfiddin Barlos, ikkinchisiniki Arslonxoja tarxondir. Bu she'rlar mualliflarning qadimgi turkiy adabiy yodgorliklarga bo‘lgan katta muhabbatlaridan dalolat beradi".
Bundan ko‘rinadiki, o‘sha davrda faqat Ulug‘bekning o‘zigina emas, balki amirlari ham ilmu fan va adabiyotga homiylik qilganlar. Shoir Sakkokiyning "Devon"ida Ulug‘bekka bag‘ishlangan qasidalar qatorida Arslonxoja tarxonga bag‘ishlangan qasidalar ham borligi bejiz emas. Ulug‘bek madhidagi qasidasida Sakkokiy o‘zining turkiy tilda ijod qilishidan faxrlanib, quyidagi baytni bitgan:
Falak yillar kerak sayr etsayu, keltursa ilkiga,
Meningdek shoiri turkiyu, seningdek shohi dononi.
Mirzo Ulug‘bek davrida ijtimoiy fanlar rivojiga ham katta e'tibor berilgan. Bu davrda turkiy tilning adabiy va ilmiy til sifatidagi mavqei tobora oshib borgan. Adabiyotshunoslikka oid qimmatli asar, hijriy 840 (melodiy 1436-1437) yili turkiy tilda yozilgan "Funun ul-balog‘a" ("Yetuklik ilmlari") muallifi Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy o‘z kitobini Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab, muqaddimada shunday yozadi:
"Ul saltanat daryosining gavhari va ma'dilat konining javhari, saxovat boronining abri va shijoat beshasining babri, farosat sipehrining mohi, kayosat mamlakatining shohi, shahanshohi a'zam, shahriyori a'lam, sohibus sayf va-l qalam, farmondehi turku arabu ajam, mag‘isiddin va-d davron amir Ulug‘bek Ko‘ragon".
Asarni nashrga tayyorlagan A.Hayitmetovning yozishicha: "Ilgari o‘tgan adabiyotshunos olimlar adabiyot nazariyasi bo‘yicha kitob yozganlarida ko‘pincha bir - yo she'r turlari, yoki vazn, yoki badiiy san'at masalasiga to‘xtalganlar yoki biror she'riy janr xususiyatlarini yoritib berganlar. Shayx Ahmad esa, bu sohada mukammal bir qo‘llanma yaratishni, o‘z risolasida nazariya masalalarining barchasini yoritib, tahlil qilib berishni niyat qiladi, toki uni o‘qigan kishilar nazariyadan mumkin qadar to‘la ma'lumot va foyda olsinlar... Bu uning o‘zbek adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi edi".
Ahmad Taroziy o‘z davrining taniqli shoiri ham bo‘lgan. Bobur aruzga bag‘ishlangan "Muxtasar" asarida uning ijodidan ikki bayt misol keltirgan bo‘lib, baytlardan biri odatdan tashqari cho‘ziq va o‘ziga xos:
Ko‘rdi ko‘zum sahar chaman ichida bir parivashekim, yuzi gul, tani suman, zulfi binafsha, qaddi sarvi sihiy erdi, lab shakar, Lola o‘zidin o‘tanib, da'vosidin suman tonib, erdi binafsha bosh solib, sarvu chinoru koj (igna bargli daraxt) xam bo‘ldi qaddin ko‘rub digar.
 Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, XV asr birinchi yarmida Samarqand va Movarounnahrda faqat tabiiy fanlar va me'morlik san'ati emas, balki badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikning gullab-yashnashida ham Mirzo Ulug‘bekning homiy sifatida qo‘llab-quvvatlashi va rag‘batlantirishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

MA’NAVIYAT
SIRLI OSMON TOQIGA ILK QO‘YDI NARVON O‘ZBEGIM
13.06.2009 01:30
Samarqand shahrida «Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, YUNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Mirzo Ulug‘bek jahon ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, millatimiz tarbiyalab yetishtirgan daho, Yan Geveliy ta’biri bilan aytganda, dunyo astronomlarining sultonidir.
Xalqaro konferentsiya BMT tomonidan «2009 yil — Astronomiya yili» deb e’lon qilinishi va buyuk olim, ma’rifatparvar alloma Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan, aynan Samarqandda, 1420 yili o‘z faoliyatini boshlagan uning dunyoga mashhur madrasasida chaqirildi.
Dastlab, qatnashchilar Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Anjuman arafasida ta’mirlanib, yangi eksponatlar bilan
boyitilgan muzeyni, shahardagi qadimiy obidalarni tomosha qildilar.
Konferentsiyaning yalpi majlisi Ulug‘bek madrasasi binosida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, viloyati hokimi O‘. Barnoev va YUNESKOning O‘zbekis-
tondagi vakili Xorxe Espinallarning tabrik so‘zlari bilan ochildi. Unda Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi va olim sifatida tarixdagi roli, uning shoh asari «Zij»ning ahamiyati hamda olim ilmiy merosining o‘rganilishi bilan bog‘liq ilmiy natija va istiqbollarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Shundan so‘ng konferentsiya o‘z ishini Ulug‘bek madrasasi, Tilla Kori madrasasi va «Prezident otel» mehmonxonasida «Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabi va uning jahon fani taraqqiyotidagi o‘rni», «Mirzo Ulug‘bek va uning davri» hamda «Mirzo Ulug‘bek davrida ta’lim va madaniyat» mavzulariga bag‘ishlangan sho‘’balarda davom ettirdi.
Konferentsiya qatnashchilarida Mirzo Ulug‘bek madrasasining birinchi qavatidagi hujralarda tashkil qilingan «O‘zbekistonda ta’lim tizimining boshlang‘ich davridan hozirgi davrgacha rivojlanish tarixi» nomli ekspozitsiya katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferentsiya ishida 20 nafardan ortiq xorijiy va 100 nafarga yaqin mamlakatimiz olimlari ishtirok etdilar. Sho‘’balarda tinglangan ma’ruzalarda Ulug‘bek ilmiy merosining o‘zidan keyingi davr Sharq va Yevropadagi astronomiya rivojiga ta’siri masalalari, «Zij»dagi ma’lumotlarning Yaponiya, Xitoy, Hindiston olimlari tomonidan istifoda etilishi, Ulug‘bek davridagi Movarounnahrning ma’muriy-hududiy holati, siyosiy va mafkuraviy vaziyat, etnik holat, tabiiy fanlarning rivoji, arxitektura, amaliy san’at, adabiyot va ta’lim tizimi bilan bog‘liq yangi ma’lumot va ilmiy xulosalar e’lon qilindi. Xalqaro konferentsiya yakunida tinglangan ma’ruzalar asosida Ulug‘bek ilmiy merosini shu kunga qadar o‘rganish bo‘yicha erishilgan natijalarga munosabat bildirildi va shu bilan bir qatorda yangi ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari belgilandi.
Temuriylar sulolasining yorqin vakili, olim, hukmdor Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Markaziy Osiyo tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk siymolardan biridir. Uning tarixdagi o‘ziga xos o‘rni, eng avvalo, olimligi bilan belgilanadi. U 20 yoshidayoq ahli ilm orasida yirik astronom va matematik sifatida tanilgan edi. Ulug‘bekning ilmiy ijodi cho‘qqisi bo‘lmish shoh asari «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» — yangi astronomik jadvallar bo‘lib, u VIII — IX asrlarda Sharqda boshlangan astronomik an’anani davom ettirish bilan birga, uni yangi ilmiy pog‘onaga ko‘tardi. Bu asar Sharq va G‘arbda nihoyatda mashhur bo‘lib, ko‘p marta
dunyoning bir necha tillariga tarjima qilingan. Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan 1994 yili «3ij»ning rus tilida chop etilishi olim ilmiy merosi, umuman, sharq aniq fanlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga yangi tadqiqotlar uchun imkoniyatlar yaratdi.
 — Bu tadbirda arxeolog olim sifatida qatnashayapman, — deydi italiyalik olim Dario Jorjetti. — Bizning asosiy maqsadimiz Ulug‘bek davrida ilm-fan taraqqiyotini o‘rganishdan iborat. Shuning uchun Eron, Turkiya, Frantsiya singari davlatlardan olimlarni jalb qilgan holda Ulug‘bek rasadxonasi atrofida keng miqyosda arxeologik qazilma ishlarini olib bormoqchimiz. Albatta, bu qazilma ishlari bizni Ulug‘bek va uning davriga oid ko‘plab bebaho ilmiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ulug‘bek nafaqat yirik olim, balki ilm-fan homiysi va yurt ravnaqini ko‘zlagan odil hukmdor ham edi. U o‘zining qariyb 40 yillik hukmdorligi davrida Movarounnahrning bir necha shaharlarida madrasalar, masjidlar, kutubxonalar, ariq va yo‘llar qurdirdi. Bugunga qadar saqlanib qolgan ayrim tarixiy obidalar va ilmiy meros namunalari Ulug‘bek davrida ilm, madaniyat ravnaqi yuqoriligidan guvohlik berib turibdi.
1420 yili o‘z faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek madrasasida, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy ta’biri bilan aytganda, «...olimlarning dunyo bo‘yicha o‘z ilmining ustolaridan 70dan ortig‘i...» talabalarga o‘nlab dunyoviy fanlardan dars berganlar va o‘z ilmining amaliyotlarini rasadxonada tekshirib ko‘rganlar. Bu Ulug‘bekning Samarqanddagi haqiqiy universiteti, akademiyasi bo‘lib, bugungi kundagi ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarining, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarixi bilan mushtarakdir. Hujralarda namoyish qilinayotgan ekspozitsiyalar O‘zbekistonda ta’lim tizimining naqadar chuqur tarixga ega ekanligini isbotlab turibdi. Garchi Mirzo Ulug‘bek shaxsi va uning ilmiy merosi shu vaqtga qadar butun dunyoda o‘rganib kelinsa-da, lekin hali ochilmagan qirralari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning e’tibordan chetda qolgan jihatlari kabi masalalar talaygina.
Xalqaro konferentsiyada shu kabi masalalar muhokama qilindi. Anjuman qatnashchilari uchun viloyat hokimligi nomidan tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.


«MIRZO ULUG’BEK» FOJIASI HAQIDA

Qadrli o'quvchilar! Siz dramadan olingan olim va hukmdor Mirzo Ulug'bek hayotining eng xushnud va hasratli manzaralari aks etgan adabiy parchalar bilan yaqindan tanishdingiz. Tarixdan ma'lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo'Igan Mirzo Ulug'bek (asl ismi Muhammad Tarag'ay)ning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib kelyapti. Darhaqiqat, tadbirkor davlat rahbari, adolatli shoh, ilm-fanda yuksak cho'qqilarni egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug'bek shaxsida mujassamlanishi hayratlanarli hoi. Shundan bo'lsa kerak, hazrat Navoiy sultonlar orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi. Umuman, temuriyzodalar orasida bunday aql sohiblari ko'p uchraydi (Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro kabi). Alisher Navoiy o'zining «Majolis un-nafois» asarining yettinchi majlisini temuriylarga mansub shoirlar, sakkizinchi majlisini yana bir temuriyzoda - Sulton Husayn Boyqaroga bag'ishlagani bejiz emas.
Mirzo UJug'bek - Amir Temurning suyukli nabirasi, ya'ni to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan. Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma'lumotlarni ko'plab keltirish mumkin. Bu ishni tarixchi olimlarimizga qo'yaylik-da, suhbatimizni yuqorida siz tanishib chiqqan drama voqealari xususida davom ettiraylik. Ushbu sahna mazmunidan ma'lum bo'lganidek, ulug' adibimiz Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko'rgani,
dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalarga tayangani ko'rinib turibdi. Adib asarda Ulug'bek yashagan davrni, u hukmronlik qiigan saroy muhitini ko'z o'ngimizda yaqqof gavdalantirgan. Mirzo Ulug'bek hayotida ko'p voqealaryuz bergan. U oliy hukmdor, buyuk olim sifatida ko'p narsalarni o'z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali tarixiy fojiagasig'diribbo'lmasligini bilgan M. Shayxzoda ushbu asarga asosan ikki yo'nalishdagi voqeaiarni, ya'ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan ilmiy izlanishiami yoritishgajazm qiigan. Asarbilan tanishganingizdasizda ikki xil tuyg'u paydo bo'lgani aniq. Adib Mirzo Ulug'bekni bir tomondan, qattiqqo'l, butun Xurosonni o'z qo'lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko'rishga tayyor hukmdor sifatida, ikkinchi tomondan, ilm-fanning jonkuyari, jahonshumul kashfiyotiar qiigan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko'radigan (masalan, Ziji Ko'ragoniyning so'zboshisida shogirdi Ali Qushchini «farzandi arjumand» - aziz farzandim deb ataydi), biroq saroydagi fisq-fasod, ig'vo ishlar oldida ojiz bir inson qabilida tasvirlaydi. O'quvchi hukmdor Ulug'bekning zulm-u zo'ravonligini inkor qilmagan holda, olim va fozil, maVifatparvar Ulug'bekka achinadi, unga ixlosi ortadi. Haqiqatan ham, UlugLbekni tarix oldidagi katta xizmati Lining hukmdorlik faoJiyatidan ko'ra ilm-fanni, ma'rifat va madaniyatni rivojlantirishidadir. Shu ma'noda Ulug'bekning fan, madaniyat ravnaqi yolidagi xizmatlari uning zuim-zo"ravonlik faoiiyatidan ustun ekanligiga kishida shubha qolmaydi. Maqsud Shayxzoda Ulug'bek shaxsidagi shu xususiyatlarni teran anglagan holda o'quvchi diqqatini ko'proq uning ma'rifatparvarlik faoliyatiga qaratadi. Buni dramadagi Mirzo Ulug'bek so'zlaridan ham anglasa bo'ladi:
Ma'rifatning dargohiga qo'ydim ixlosim. Ogir boidi qismat menga origan vazifa. Men, sultonlar o'rtasida bo'ldim donishmand, Donishmandlar tepasida sulton sanaldim. Ma'rifatni hukumaiga qilib rahnamo, Bu o'lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Agar Ulug'bekning «ma'rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o'lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim», degan so'zlariga e'tibor beradigan boMsak, uning davlatchilik faoliyati ma'rifatchilik asosiga qLirilganiga amin bo'lamiz.
Dramada Ulug'bek qiyofasi lining ko'proq asardagi boshqa obrazlar orqali ochilgan, masalan, Ali Qushchi, Sakkokiy,
Shayxulislom Burhoniddin, Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari bilan bo'lgan mufoqotda ilm-fan homiysi, buyuk olim, rna'rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon boisa, Abdullatif Mirzo, uning mahrami Abbos, Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari, ig'volarga nisbatan boigan munosabatida mutaassiblikka qarshi ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochilgan.
Mirzo Ulug'bek hukmdor, katta saltanat egasi bo'lganiga qaramay, avvalo, insoniy fazilatlardan begona boimagan, o'z farzandiga mehribon ota. Shundan bo'lsa kerak, saltanat, ilm-fan ishlari bilan mashgvul bolib, o'z o'g'lLni unga dushman sifatida qayrab, uni avval taxtidan, so'ng hayotdan mahrum qilish uchun amalga oshirilgan fitnaiardan bexabar bo'lib g'aflatda qoladi. O'gii Abdullatif otasiga qarshi isyon ko'taradi va uning buyrug'i bilan Ulug'bek qatl ettiriladi. Shu o'rinda marhum shoirimiz Muhammad Yusufning Ulug'bek tilidan aytgan quyidagi so'zlari asl haqiqat sifatida jaranglaydi:
Yufduzlarda ekan nigohim, bilmadim ne edi gunohim... Men dardimni kimga aytaman.
Qancha g'amga botmagan edim, qancha og'u yutmagan edim... O'z bolamdan kutmagan edim... men dardimni kimga aytaman.
Ulug'bekning haqiqiy insonparvar sifatidagi qiyofasi uning taxtdan iste'fo berishi sahnasida yorqin ifodalangan. U dushman qo'shini bilan kurashda ahvoli tang boigach, o'z jonini qutqarish uchun emas, balki mamlakat fuqarosining tinchligini o'ylab, Abdullatif odamlari oldiga quyidagi shaillarga ko'nishsagina taxtdan voz kechishini e'lon qiladi: avvalo, mamlakatda fitna-yu fasod darhol tugatiiishi, qo'ni-qo'shni o'lkaiarga bosqinchilik qilib, temuriylar nasliga qarg'ish va la'nat keltirmaslik, o'z xizmatidagi arboblardan qasos olinmaslik, haramidagi ahli ayolning iffati va izzatiga g'ubor cho'ktirmaslik, madrasa va rasadxonalarga zavol yetkazmaslik, kutubxona va kitoblarni omon saqlasliga qasam ichishlarini talab qiladi.
Adib tasvirida tarixiy haqiqat va uning badiiy ifodasi juda ishonarli chiqqan. Ulug'bek davrida Amir Temur shakllantirgan juda kuchli davlat parchalanib ketdi. Temuriyzodalar bobolari qoldirgan vasiyatlarga amal qilmadilar. Toj-taxt talashishlar oqibatida mamlakat inqirozga yuz tutdi. Bu holat Ulug'bekning bobosi Amir Temur qabri tepasida aytgan so'zlarida yaqqol ifodalangan:
Shu - qirq yillik andishaga alamli yakun, Ketib qoldi zamonadan diyonat, rostlik. Mudhish bir jar yoqasida turmish mamlakat,
Zulmatli tun qo'nayotir yurtning ufqiga. Bobo Temur, omonating saqlayolmadik. Avlodlaring chiqib qoldi g'oyat noqobil. Bobo Temur, tirigingda o'zing va so'zing Ulkanlikda sig'mas edi shu yer yuziga. Endi nega maydalandi Temur urug'i, Endi nega razillashdi hokimJar ruhi. Endi nega mirzolarning ko'zlari ojiz, Qulog'i kar, idroki bo'sh, iroda kuchsiz... Bu kulfatli zamonda bergin maslahat...
Fojia Mirzo Ulug'bekning o'limi bilan tugaydi, biroq o'quvchi yoki tomoshabin bu manzaradan tushkunlikka tushmaydi, aksincha, buyuk olim ishlarining davom etishiga ishonadi, Abdullatif kabi padarkush g'alamislarning umri qisqa ekanligiga iymon keltiradi.
Dramada adibning sahna asari yaratish bobidagi mahorati tufayli Ulug'bek yashagan davr, kishilar hayoti aniq, jonli, jozibador, eng muhimi, ishonadi chiqqan. Bu asardagi har bir so'zga, manzaraga, sahna jihozlariga ishonasiz, uni qalbdan his etasiz, go'yo o'zingizni shu voqealar ichida yurgandek sezasiz. Shu ma'noda «Mirzo UIug'bek» dramasini Vatanimiz tarixining eng hasratli davridan hikoya qiluvchi mukammal sahna asari sifatida har qancha o'qib o'rgansak arziydi. Ushbu sahna durdonasining hali-hanuz sahnadan tushmay kelayotgani, uning asosida yaratilgan «Ulug'bek yulduzi» kinofilmi (rejissor Latif Fayziyev) ning Vatanimiz va xorij ekranlarida qayta-qayta namoyish etilayotganligi fikrimizning isbotidir.

 Fan va ta’lim
Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning “… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.
Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko’p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g’oya bunga yo’l bermadi. Amir Temurning o’zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.
Shukrlar bo’lsinki, mustaqillik tufayli ko’p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug’ bobomiz Amir Temurni o’rganish imkoniga ega bo’ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og’ir ijtimoiy-siyosiy bo’hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z tug’i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug’bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug’ so’zlarni nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o’zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag’ishladi; Oltin O’rda xoni To’xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo’g’ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o’qisak, o’rgansak, uning ko’p yaxshi xislatlari: to’g’rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o’gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo’ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo’shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o’gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog’i yo’q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo’jizalari, Bog’i Chinor, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Baland singari o’nlab go’zal saroy-bog’lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.
Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoe bo’lishini ravo ko’rmasdi».
Tarix bu ko’hna dunyoda juda ko’p jahongirlarni ko’rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan. Uning «qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim», degan so’zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig’idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o’z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o’sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug’bekka o’tgani shubhasiz. Mirzo Ulug’bekning davlat arbobi bo’lish bilan birga buyuk olim darajasiga yetishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo’lgan. U Ulug’bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo’yi amal qilgan «Kuch – adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o’z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o’gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o’z ishiga munosabati, aholi turli qatlami – raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalar o’z ifodasini topgan.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o’qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo’rlik bilan tortib olgan bo’lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko’zini ko’r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari namoyon bo’lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo’lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:
«Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo’l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo’rquv bo’lsa, unut bo’lardi».
«Menga hasad qilib, o’ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg’a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko’rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko’rib, xijolat teriga g’arq bo’ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do’stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o’zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».
«Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim…»
«Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat».
Amir Temurning do’stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir.
«Sodiq va vafodor do’st ulkim, o’z do’stidan ranjimaydi, do’stining dushmanini o’z dushmani deb biladi. Agar kerak bo’lsa, do’sti uchun jonini ham ayamaydi».
Amir Temurning umr bo’yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag’alparvarligini uning quyidagi o’gitlaridan ham bilish mumkin:
«Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog’ ko’kartirsa, yoxud biror xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar».
«Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar…».
Amir Temurning quyidagi so’zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg’urishga chorlab keldi:
«Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko’ring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin». Bu jumlalarda Amir Temur ma’naviyati jamul-jam bo’lgan bo’lsa ne ajab .
2-masalaning bayoni: Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O’rta Osiyoning madaniy, ma’naviy va ma’rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatining davomidir. O’rta Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar – Ulug’bek, Ali qushchi, qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar – Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlar – Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlar – Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib va o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo’lganlar.
Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo’q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o’tib, barcha alg’ov-dalg’ovlarga bardosh berib bizlargacha yetib keldi.
Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko’tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg’onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o’zining takrorlanmas ijodi, go’zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham o’chmas iz qoldirgandir. «Ikkinchi Moniy», «Sharq Rafaeli» deb yuksak darajada e’zozlangan Behzod mashhur so’z san’atkorlari – Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir.
Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug’bek (1394-1449) ning nomi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. U davlat arbobi, fan, ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjim.
U o’zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to’plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, ¢iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek shu asosda Samarqandda «Samarqand akademiyasi» -«Ulug’bek akademiyasi»ga asos solgan edi. «Ziji jadidi Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali») va «To’rt ulus tarixi» nomli asarlarning muallifidir.
Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha «Ulug’bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o’xshardi».
Mirzo Ulug’bek fan homiysi bo’lishi bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420); ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi ¢ijduvonda (1433) dir. Hatto, Buxorodagi madrasa peshtoqiga xadisdan: «Ilm olish har bir mo’min va muslima uchun farzdir», – deb yozdirib qo’ydi.
Ulug’bek ko’proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat homiysi bo’lgani uchun ham yanada qadrlidir. U geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur’on, xadis va fiqx ilmlaridan ham yaxshi xabardor bo’lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning rivojida Ulug’bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning dahosi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda.
Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o’zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga bag’ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog’liqdir.
Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o’chmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir.
Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiychilikka ixlos qo’ygan, uni qabul qilgan, o’zi shu yo’ldan borgan va uning g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbandiychilik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk to’plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug’lagan. Uning «Dil ba yoru, dast ba kor» – «Ko’ngil Ollohdayu, qo’l mehnatda» shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo, so’z san’atkorlari naqshbandiychilik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini tarannum etganlar.
Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar aqlnomasi») asarida el-ulus dardi bilan yashovchi, uning arzu-dodiga quloq tutuvchi hukmdor siymosini yaratadi. Hukmdor adolatli va odil bo’lishi lozim deb, odillik va adolatni nurga o’xshatadi.
Agar chiqsa adolatning quyoshi,
Taralgay har tomon nuri ziyosi.
Agar zulm etsa zolim, bu sitamdan
Jahon bo’lgay qaro, yo’q intihosi
- deb xitob qiladi.
Jomiy el-ulusga, insonga yaxshilik qilish, ularga nisbatan muruvvat ko’rsatish inson nomini ulug’laydi, deb shohlarni, hukmdorlarni shunga chaqiradi:
Ey toju muhrga ko’ngil bog’lagan,
Qachongacha toju muhr qoladi?
Mulku boylik bari ketadi bir kun
Na zamon, na zamin, na nahr qoladi.
Qo’lingdan kelgancha yaxshilik qilg’il
Jahonda senga shul mehr qoladi…
      – deb yozgan Jomiy nechog’lik haq ekanligini anglab yetmog’imiz darkor.
O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Mahbubul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-nafis», «Lisonut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi.
Odami ersang demagil odami,
Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami, – bayti
 Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo’yicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug’lab o’tgan. Kishilar g’amida bo’lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko’rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo’lgan. Uning qabrida mana bu so’zlar bitib qo’yilgan: «Shohi g’aribon», ya’ni g’ariblar, yolg’izlar, faqirlar shohi.
Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan.
Birgina Hirot shahrida o’zining jamg’armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot o’quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosiya madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag’al beva-bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stin va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan.
Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo’qotgani yo’q, Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik, xalqlar tinchligi uchun olib borayotgan kurashi bilan hamohang bo’lib yangramoqda.
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda ulug’ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to’g’ri anglamog’ingiz lozim, ul ulug’ zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimiz.
3-masalaning bayoni. Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan piru-komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz, Siz kabi talaba yoshlarning ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o’zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir.
Biz bugun yashatayotgan Mustaqil O’zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida ikki og’iz iliq so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, taqiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Yoki Prezidentimizning yana quyidagi so’zlarini eslaylik: «Sho’ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo’r jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi….. Amir Temur haqidagi bu uydirma – sof siyosiy maqsadlarni ko’zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo’lgan: ya’ni, bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».
O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz Islom Karimov boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Xorijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’pdan-ko’p suvratlari ishlangan, qisqasi, dunyoga mashhur bo’lgan ulug’ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o’rin oldi.
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi xiyobonda sohibqironga o’rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo’yilgan oltin g’isht bo’ldi.
Oradan sal o’tib, 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YUNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyinig barpo etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo’ldi. Yubiley munosabati bilan ko’plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, alьbomlar va boshqalar nashr etildi. Shu o’rinda Amir Temurning o’zi yaratgan «Temur tuzuklari» risolasini, akademik Bo’riboy Ahmedovning «Amir Temur» tarixiy romanini, Erkin Azimovning «Amir Temur saltanati» risolasini, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasini Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning «Zafarnoma» asarlarini, F. Ashrafiyning «Temuriylar davri miniatyurasi» kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishdik. Yuqorida aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yo’lda tirnoq qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o’tmishni ideallashtiruvchi degan tamg’a bosilar edi. Ollohga shukurlar bo’lsinkim, Mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham berildi. Mustaqillikning mana shu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir Temurning ruhi bizdan rozi bo’lib kezib yurgan bo’lsa ne ajab!
Bularning hammasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.

Комментариев нет:

Отправить комментарий