Chirchiq—Toshkent viloyatidagishahar.Chirchiq daryosiningoʻng
sohilida,Qorjontovningyon bagʻrida, 730 m balandlikda,Toshkentdan30 km shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoqtemir yoʻldagistansiya va avtomobil yoʻllarichorrahasi.Aholisi140,1 ming kishi (2004). Ch. 1932 y.da
daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik
elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari
qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 y. — 15 ming kishi, 1959 y. — 65
ming kishi, 1970 y. — 107,4 ming kishi). 30 — 40-y. larda Industrial texnikumi
binosi, 50-y.larda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat
binolari qurildi. 1966—67 y.lardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi.
2-jahon urushida halok boʻlgan Chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik,
madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona
va boshqalar bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.
Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator",
"Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar),
qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kabi korxonalar ishlab turibdi.
26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom",
"Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan
ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton
konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non
korxonalari, poyabzal va tikuvchilik firmalari mavjud.
Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim
maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi,
muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor.Kasalxona(500 oʻrin),poliklinika,dorixonalarva boshqa tibbiy muassasalar ishlab
turibdi. Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar qatnaydi. "Chirchiq
tongi" gaz. (1932 y.dan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq"
(1932 y.dan nashr etiladi, adadi 800) gaz.lari chiqariladi.
Chirchiq shahriToshkentviloyatidagi kattashaharlardanbiri.Aholisi 1991 yilga qaraganda
159,400 kishini tashkil qiladi. Chirchiq shahrini teletoriyasi 3 qisimga
boʻlinadi, Ular Yuqori chirchiq,Oʻrta chirchiq hamda quy Chirchiq deb ataladi.
connectify hotspot crack
ОтветитьУдалитьreset transmac trial
winiso 6.4.1 registration code