Amir
Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 679-yilligi munosabati bilan
tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Prezidentimiz Islom Karimov
rahnamoligida Sohibqiron Amir Temur xotirasini e’zozlash, hayoti va faoliyatini
chuqur o‘rganish, targ‘ib etishga doimo alohida e’tibor qaratilmoqda.
An’anaga ko‘ra 9-aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 679-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro Amir Temur xayriya
jamg‘armasi raisi N.Habibullayev, tarix fanlari doktori D.Yusupova, shaxmat
bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro grossmeyster N.Mo‘minova va
boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ma’naviyatni yuksaltirish
yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar jarayonida Amir Temur merosi shijoat,
mardlik va adolat namunasi sifatida qadr va e’zoz topayotganini ta’kidladi.
Binobarin, Sohibqiron qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va
ma’naviyat homiysi, dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk
bunyodkordir.
Amir Temur va temuriylarning
davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, boshqa sohalardagi ulkan va boy
merosini o‘rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib bormoqda. Yurtimizda
va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan ulkan
hissasiga oid ko‘plab asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda. Bular Sohibqiron shaxsiyati va uni yetishtirgan zamin, tarixiy
shart-sharoitga doir yangi-yangi qirralarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak. Bobokalonimizning qudratli davlat, adolatli jamiyat barpo etish, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, barqarorlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlashga oid ezgu tamoyillari bugun Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining asosiy mezoniga aylangan.
Sohibqiron o‘z tuzuklarida “Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasmu odatlari, mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir o‘lka va shahar ahlining ashrof-ulug‘lari bilan do‘st tutindim”, yana bir o‘rinda “aqlli kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor, qat’iyatli arboblar, keyinini o‘ylab, olisni ko‘rib ish yurituvchi keksa va tajribali kishilarni xos majlisimga kiritib, ularning suhbatlaridan, ishlaridan naf olib, tajribalar hosil qilardim”, deb qayd etadi. Bu “Kuch – adolatda” shioriga amal qilingan buyuk saltanatda inson va uning sha’nu shavkati oliy qadriyat sifatida yuksak baholanganidan dalolat beradi.
Buyuk bobomiz faoliyati, o‘gitlari bugun ham bizga dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz rahnamoligida insonni ulug‘lsh, barcha sohada adolat tamoyiliga amal qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yuksak samaralari bunga yaqqol dalildir. Zero, Sohibqiron merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib qilishdan asosiy maqsad ham ana shu ezgu niyatlardir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Keksalarni e’zozlash yili, deb nomlangan joriy yilda bu boradagi xayrli ishlar yanada keng tus olgan. Har bir insonga, xususan, yoshi ulug‘ kishilarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nuroniy otaxonu onaxonlarni rozi qilib, ularning duoyu maslahatlarini olish hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov Amir Temur monologini, yosh shoir Faxriddin Hayit Sohibqironga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.
Tadbir qatnashchilari Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov ishtirok etdi.

Shu
kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temur davrida ilm-fan va madaniyat
rivojining umumbashariy ahamiyati” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Amir Temur – yosh
rassomlar nigohida” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. “Shohruhiya –
Temuriylar davri bunyodkorligi yodgorligi” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Amir Temur tavalludining 679-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Комментариев нет:
Отправить комментарий