Maktab haqida


21-Maktab
Chirchiq shahar 21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi 1966 - yil 16 - avgustda o’z faoliyatini boshladi.1 – sentabr kuni maktab rahbari Mayakubov Karim Mayakubovich rahbarligida maktabning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.Maktab o’z bag’riga 1500 ta o’quvchini qamrab oldi.
1968 - yilda esa maktabning birinchi bitiruvchilari katta hayotga yo’llanma oldi. Ularning orasida maktabni a’lo o’qishi uchun oltin medal bilan tugatgan Pak Venera Xaritonovna ham bor edi.Bu davrda maktabning o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor muovini Salamonova Valentina Aleksandrovna bo’lgan.Bu yillar mobaynida maktabning o’quv korpusi hozirgi Ijtimoiy iqtisodiyot kolleji binosida joylashgan edi.
      1982 - yili birinchi sentabrda maktab to’qqizinchi kichik nohiyada qurilgan yangi binoga ko’chirildi.Bu binoni Grinin G.N boshchiligidagi quruvchilar brigadasi qurishgan.Yangi maktab binosining ochilishida Chirchiq shahar hokimi Sharipov N.Sh  qatnashib maktab kalitini maktab rahbari Sulaymonov Rahim Sulaymonovichga topshirdi.Maktab binosi zamon talablariga javob beradigan keng va yorug’ xonalardan iborat bo’lib,o’sha davrning zamonaviy texnika vositalari va o’quv qo’llanmalari bilan jihozlangan edi.  

Комментариев нет:

Отправить комментарий